Farg‘onada Janubiy Koreya kompaniyasi quvvatlanish stansiyalari va aqlli platalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Фото: fergana.uz

“AHA Co., Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida Farg‘ona viloyatida elektr transport vositalarini quvvatlantirish stansiyalari va maktablar uchun interaktiv smart doskalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Tegishli memorandum viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida imzolandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Kompaniya bosh direktori Koo Gi Do EdTech, sog‘liqni saqlash va elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalarini ishlab chiqarishda innovatsion yo‘nalishlarni ta’kidlab, AHA Co., Ltd kompaniyasi mahsulotlarini taqdim etdi. Hokim loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Farg‘ona viloyatida barcha shart-sharoit yaratib berilishiga ishontirdi.

1995-yilda tashkil etilgan AHA Co., Ltd kompaniyasi allaqachon Yaponiya, Germaniya, Qozog‘iston va AQSHda filiallariga ega va hozirda O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.