Farg‘onada novvoyxona 806,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Foto: Oʻzenergoinspeksiya

“Oʻzenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro G‘.X. va boshqalar tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, nonvoyxona faoliyatini tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanganligi aniqlandi.

Buning natijasida novvoyxona ishchilari jami 806,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.