Farg’onada qarzdorlarning avtomobili va uyi xatlanib auksionda sotildi
Sudning qarzdor X.D.dan “TRAST BANK” foydasiga 339.524.758 so‘m kreditdan bo‘lgan qarzdorlikni garovga qo‘yilgan mol-mulklarga qaritish to‘g‘risidagi hujjati Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan “Malibu 2” rusumli avtotransport xatlanib, auksion savdolariga chiqarilgan.
Mazkur avtotransport vosita “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali 294 mln. so‘mga sotilib, sotishdan tushgan pul mablag‘lari undiruvchining tegishli xisob raqamlariga o‘tkazib berilgan.
Shuningdek, MIBning Farg’ona shaxar bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg’ona tumanlararo sudining qarzdor E. D.dan bank foydasiga kredit qarzini undirish, undiruvni garov mulki hisoblangan uy-joy’ga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Qarzdor ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlikni 15 kunlik ixtiyoriy muddatda bartaraf qilishi to‘g‘risidagi bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tovlagani sababli garov mulki hisoblangan turar joy tegishli tartibda davlat ijrochilari tomonidan xatlangan va kimoshdi savdolariga chiqarilgan. Bo‘lib o‘tgan auksion savdolariga ko‘ra mazkur uy-joy vositasi 969 210 000 so‘mga sotib olinib, g‘oliblik bayonnomasiga asosan fuqaro D.A.ga topshirilgan.
Auksiondan tushgan pullar esa undiruvchining tegishli xisob raqamlariga o’tkazib berilgan.
Sharhlar