Farg‘onada qiymati 900 million so‘mlik iPhone 16 ProMax olib kirishga urinishdi
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahrida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida kuzatuv ostidagi “Lacetti” rusumli avtomashina ushlanib, xolislar ishtirokida tekshirildi.
Avtomobil saloni va yukxonasidan umumiy qiymati 900 million so‘m bo‘lgan “iPhone 16 ProMax” rusumli 44 dona uyali telefonlar, hech qanday hujjatlari bo‘lmaganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar