Farg‘onada sotuvchilar va bozor ma’muriyati o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi
Farg‘ona viloyatida 24-iyul kuni tadbirkorlar va bozor ma’muriyati o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar beradi.
Mojaro ma’muriyatning sotuvchilarni o‘z do‘konlaridan tashqariga chiqmaslik va yo‘laklarda sotmaslik talablari tufayli yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Voqeadan so‘ng Milliy gvardiya xodimlari tadbirkorlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazgan.
Ulashish:
Sharhlar