Farg‘onada yigit yurib ketayotgan “Damas”dan sakrab, boshqa “Damas”ning tagida qolib ketdi

Фото: Фарғона вилояти ИИБ

Ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Farg‘onada yurib ketayotgan avtomashinadan tushib ketgan yigit haqidagi xabar tarqaldi. Holat Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 16-iyul kuni Farg‘ona shahar Qirguli mavzesi Shifokorlar ko‘chasida fuqaro N.K. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro D.P. avtomobilning orqa eshigini ochib, sakrab yuborgan va qarama-qarshi tomonidan kelayotgan avtomobilning old qismiga kelib urilgan.

Natijada, D.P. tan jaroxati olib, kasalxonaga yotkizilgan biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan kasalxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.