Farg‘onadagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida qo‘lbola alkogol mahsulotlari tayyorlanganligi aniqlandi

Foto: Department_uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Farg‘ona shahri hududida faoliyat yurituvchi “K.L.” oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida fuqaro A.K. alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, ushbu shoxobchadan 17 ta nomdagi 189 dona qo‘lbola alkogol mahsuloti, 146,5 litr spirt va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.