Farg‘onadan Novosibirskka yangi reyslarni yo‘lga qo‘yilmoqda
Rossiyaning “S7 Airlines” aviakompaniyasi Farg‘onadan Novosibirskka muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Birinchi parvoz 2024-yil 19-sentabrga belgilandi, deb xabar bermoqda “Uzbekistan Airports”.
Novosibirsk — Farg‘ona — Novosibirsk yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovi Airbus A320 rusumli samolyotlarda haftasiga bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda aviatashuvchi Toshkent, Samarqand va Urganch xalqaro aeroportlariga parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
“S7 Airlines”ning shtab-kvartirasi Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida joylashgan. Kompaniya 26 mamlakatning 180 dan ortiq shaharlarini parvozlar orqali qamrab olgan Rossiyaning eng yirik xususiy aviatashuvchisi hisoblanadi.
Sharhlar