Farg‘ona viloyatida haydovchi rulda uxlab qolib, daraxtga borib urilgan
Farg‘ona viloyatida Gentra haydovchisi rulda uxlab qolib, daraxtga borib urilishi natijasida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa 4P-112 Farg‘ona xalqaro avtomobil yo‘lining 222-223-kilometrida Marg‘ilon shahri yaqinida sodir bo‘lgan.
Baxtsiz hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi. Voqea joyiga YPX xodimlari yetib kelib, surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.
Shu munosabat bilan Davlat yoʻl inspektsiyasi haydovchilarga safar oldidan dam olish muhimligini eslatib oʻtadi. Charchaganingizda avtoulov haydash kerak emas, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ulashish:
Sharhlar