Farg‘onada 10 yil davomida aliment to‘lashdan qochgan ota qo’lga tushdi
Farg‘ona viloyatida 10 yildan beri aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan ota qo‘lga olindi.
2018-yil may oyida sud qarzdordan ikki farzandini boqish uchun aliment undirishga qaror qilgan, biroq erkak birdan g‘oyib bo‘lgan. 2022-yil yanvar oyida qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Tezkor qidiruv ishlari natijasida erkak 2014-yil fevral oyida Rossiyaga jo‘nab ketgani ma’lum bo‘lgan.
2024-yil iyun oyida Rossiyadan qaytib kelgan qarzdor Farg‘ona shahridan topilib, davlat sud ijrochisiga topshirilgan. Unga nisbatan 47-moddaning 4-qismi (voyaga yetmaganlarni yoki muomalaga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
Ulashish:
Sharhlar