Farg‘onada ayol dugonasini o‘ldirib, uyini yoqib yubordi

Foto: uznews

Sudlanuvchi ayolning kreditdan qarzlari bo‘lgan va u qarzlarni uzish niyatida tanishini tunamoqchi bo‘lgan.

Aniqlanishicha, marhuma ayolning turmush o‘rtog‘i bo‘lmagan. Oqibatda uning dugonasi unga turmush o‘rtoqlikka da’vogar shaxslarni topib, u bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.

Marhuma ayol o‘limidan oldin sudlanuvchidan shubhalanib, qiziga unga eshikni ochmasligini ham tayinlagan. Biroq sudlanuvchi marhumaning uyiga qizi maktabda bo‘lgan vaqtda borgan.

Natijada marhuma bilan janjallashib, o‘zi olib borgan pichoq bilan unga 20 dan ortiq og‘ir tan jarohatlari yetkazgan. Uni o‘ldirgandan so‘ng, jinoyatini yashirish maqsadida uyini yoqib ketgan.

Qolaversa, sudlanuvchi uydan chiqib ketayotganda, dugonasini uy olish uchun to‘plagan $2 ming pullari va ko‘plab tilla taqinchoqlarini olib chiqib ketgan.

Holat yuzasidan sud ishi JIB Farg‘ona shahrida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, ayolga nisbatan 15 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.