Farg‘onada kiberjinoyatlarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlar olib borilmoqda
Bugungi kunda millionlab insonlar kiberjinoyatchilarning maqsadlari girdobiga tushib, jabrlanuvchiga aylanib qolgan va katta miqdorda moliyaviy zarar ko‘rgan holatlar ham ko‘plab kuzatilmoqda. Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida bunday noxush vaziyatlar yanada ko‘paymoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar beryapti.
“Afsuski, bunday holatlar bizning tumanda ham ko‘p uchramoqda. Bunday jinoyat turini oldini olish, uning girdobiga tushib qolmaslik uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari ham katta ahamiyat kasb etadi”, – deyiladi xabarda.
Kibermadaniyat oyligi doirasida “Xojiqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida mavzu bo‘yicha yoshlar, ayniqsa, nuroniylar orasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Mazkur zamonaviy ko‘rinishdagi jinoyat haqida tushuntirishlar berilib, tayyorlangan didaktik vositalar – flayer va bukletlar fuqarolarga tarqatib berilmoqda.
Sharhlar