Farg‘onada o‘zganing xonadonini qalbaki hujjatlar bilan sotgan firibgarlar qo’lga tushdi

Foto: departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro V.K. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.N.ga boshqa bir fuqaro N.T.ga tegishli Yangi Asr ko‘chasidagi xonadonni go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, unga qalbaki hujjatlarni taqdim qilib, uyni 20 800 AQSH dollariga sotganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.