Farg‘onada saylov komissiyasining a’zosi saylovlar paytidagi qoidabuzarlik uchun jazolandi
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi 541-saylov uchastkasida saylov komissiyasining a’zosi bir kishiga o‘z yaqinlari nomidan ovoz berishi uchun bir nechta byulletenni bergan. Mazkur qoidabuzarlik sudda ko‘rib chiqildi, deb yozadi Kun.uz sud qaroriga tayanib.
“2024-yil 27-oktyabr kuni katta Boybucha hududida yashovchi fuqaro saylov vaqti yakunlanayotgani uchun vaqtdan yutish maqsadida boshqa shaxslar nomidan to‘rtdan ortiq byulletenni topshirdim. Bu bilan men saylov qonunchiligini buzdim. Bundan chin dildan afsusdaman”, – deydi u.
Sud qarori bilan u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-10-moddasida (saylov byulletenlarini berish tartibini buzish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 375 ming so‘m miqdorida jarima solingan.
Sharhlar