Farg‘ona viloyatida uch kishi sun’iy suv xavzasiga cho‘kib ketdi
5-iyun kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi fermer xujaligi yer maydonida joylashgan sun’iy suv xavzasiga cho‘milish uchun tushgan uch nafar shaxs ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib, vafot etishgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Xabarga ko‘ra, “vafot etgan 3 nafar erkakning, 2 nafari voyaga yetamaganlar”, – deyiladi.
Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida cho‘milish ruxsat etilmagan, ta’qiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur, o‘ziga notanish bo‘lgan suv havzalarida cho‘milmaslik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rab qolamiz.
Ulashish:
Sharhlar