Farg‘onalik 16 yoshli o‘quvchi qiz Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi elchisi bo‘ldi
Farg‘ona viloyatilik 16 yoshli o‘quvchi Dilafruz Jo‘raboyeva Microsoft Learn Student yoshlar dasturining O‘zbekistondagi elchisi bo‘ldi. Dilafruz hozirda 11-sinf o’quvchisi va u mamlakatda Microsoft kompaniyasi vakili bo’ldi va yoshlarni axborot texnologiyalariga jalb qilishga yordam beradi.
Microsoft Learn Student Ambassadors dasturi butun dunyodan texnologiya sohasida iqtidorli va intiluvchan yoshlarni tan oladi. Elchi bo’lish sizga Microsoft ta’lim resurslari va talabalarning global tarmog’iga kirish imkonini beradi.
Dilafruz turli topshiriqlarni, jumladan, 30 ta modul va sun’iy intellekt bo‘yicha topshiriqni bajarishni o‘z ichiga olgan murakkab tanlov jarayonidan o‘tgan. 2024-yilda u O‘zbekistondagi AKT sohasidagi eng yaxshi 46 nafar ayol qatoridan joy oldi va mamlakatdagi eng yaxshi dasturchilar jamoasi sifatida ICT4Girls olimpiadasida ishtirok etdi.
Sharhlar