Toshkentdagi mashhur fast-fud shoxobchasida ovqatdan zaharlanish yuz bergani rad etildi
Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanallarda Toshkentdagi mashhur fast-fudlarning birida ovqatdan zaharlanish holatlari kuzatilmoqda, mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi ma’lum qilishicha, ayni so‘nggi kunlarda ovqatlanish korxonasida taom iste’mol qilib, undan zaharlanganlik bo‘yicha Boshqarma va uning tuman bo‘limlariga shoshilinch xabarnoma hamda murojaatlar kelib tushmagan. Shu sababli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar hech qanday asosga ega emas, deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar