Fermer va uning sheriklari 21 tup qayrag‘ochlarni kesib, sotib yubordi
Sayxunobodlik fermer dala maydonida o‘sib turgan 21 tup qayrag‘ochlarni kki nafar ishchisi yordamida kesib, sotib yubordi.
Xabarga ko‘ra, fermer va uning sheriklari o‘simliklar dunyosiga 1 milliard 459 million 149 ming so‘m zarar yetkazgan. Bu mablag’ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 4-ilovasiga asosan hisoblanib, mutaxassislar tomonidan asoslab berilgan.
Ushbu ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tuman sudida sud raisi Fazliddin Suvonqulov tomonidan ko‘rib chiqildi. Fermer va uning sheriklariga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan ikki yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Shu bilan birga, O‘simliklar dunyosiga yetkazilgan zarar tegishlicha tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi foydasiga undirilishi mazkur sud tomonidan belgilandi.
Sharhlar