Feyk: 3-4 ichida 10 mln so‘m olishga yordam beraman
Firibgarlar tomonidan telegram messenjeridagi “FERUZA I DAROMAD” nomli kanali go‘yoki Internet foydalanuvchilariga tez fursat ichida mo‘may daromad olishlari mumkinligi mazmunidagi feyk xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.
Firibgarlarning maqsadi Sizning pul mablag‘laringizni o‘zlashtirish!
Agar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa, darhol 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling!
Eslatib o’tamiz, avvalroq saytimiz orqali ayni shu mavzuda material qilib e’lon qilgan edik. To’liqroq ma’lumotni o’sha yerdan olishingiz mumkin.
Ulashish:
Sharhlar