Feyk: Amina ezgu niyatda odamlarga yordam beryapti!
Ijtimoiy tarmoqlarda takroran turli xil ko‘rinishlarda “O‘zbekiston 24” axborot kanalining videolavhalariga sun’iy intellektga asoslangan dastur yordamida qayta ishlov berilib, audioyozuvlarni soxtalashtirish yo‘li bilan go‘yoki “Amina” nomli kanal orqali Internet foydalanuvchilari tez fursat ichida mo‘may daromad olishlari mumkinligi mazmunidagi xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi,-deb xabar bermoqda O’zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining axborot xizmati.
Internet orqali mo‘may daromad taklif etayotgan har qanday axborotni jiddiy tekshiring! Bugun Internet firibgarlari mashhur shaxslar qiyofasidan foydalangan holda soxta reklama xabarlarini yaratmoqda. Shuning uchun investitsiya kiritish orqali mo‘maygina mablag‘ ishlab olish mumkinligi haqida aytilayotgan videoroliklarga ishonmang.
Agar sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling.
Sharhlar