Feyk: Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov tez fursat ichida mo‘may daromad olishni va’da qilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning videotasviriga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berish orqali, go‘yoki mazkur telegram kanali pulga muhtoj insonlarga yordam beradi deya ta’kidlanib, Internet foydalanuvchilariga tez fursat ichida mo‘may daromad olishni va’da qilib, virtual firibgarlik bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar tarqatayotgan xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.
Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz.
Shuningdek, www.fake.cyber102.uz veb platformasi orqali sahifani (havolani) haqiqiy yoki soxta (feyk) ekanligini aniqlab olishingizni tavsiya etamiz!
Sharhlar