FIFA Futzal Jahon chempionati timsoli e’lon qilindi

Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan Futzal boʻyicha Jahon chempionati rasmiy timsoli bilan tanishing – Xon ismli Turon yoʻlbarsi. Bu haqda FIFA ijtimoiy tarmoq sahifalarida ma’lumot qoldirgan.

Kuch-qudrat va jasorat timsoli hisoblangan Turon yoʻlbarsi yurtimizda oʻtadigan mundialning rasmiy timsoli etib tanlandi.

O‘ziga xos mahorat bilan chaqqon harakat qilishi va uning yuqori tezligi mazkur timsolni futzal sport turi bilan bog’laydi.

Oʻrta Osiyoning yoʻqotilgan boyligi deya ta’riflanadigan Turon yo’lbarsini Jahon chempionati timsoli deya e’lon qilinishi butun dunyoni hayvonot dunyosini muhofaza qilishga yana bir bor undadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.