FIFA “Humo Arena”dan va О‘zbekistondagi futzal bo‘yicha jahon chempionati tashkillashtirilishidan mamnun

Фото: Открытые источники

Kecha Toshkentda futzal bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Turnir yakunida FIFA vakillari tadbir tashkillashtirilishini yuqori baholadilar.

FIFA turnirlari direktori Xayme Yarza chempionat Markaziy Osiyoda o‘tkazilgan FIFAning birinchi turniri bo‘lganini ta’kidladi. “О‘zbekistondagi futzal bo‘yicha jahon chempionati – bu nafaqat jahon miqyosidagi hayajonli sport tadbiri, balki jamoalar va muxlislar uchun ko‘p narsa taklif etayotgan bu ajoyib mamlakat uchun muhim tadbirdir”, – dedi Yarza EU Today Yevropa nashriga bergan intervyusida.

FIFA ning futzal va plyaj futbolini rivojlantirish bo‘yicha direktori Kasra Xagigi ham Humo Arenaning ajoyib infratuzilma imkoniyatlarini alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, О‘zbekistondagi hamkorlar va sheriklar ajoyib ish bajarishgan.

“Bu Markaziy Osiyodagi FIFAning birinchi turniri edi va biz ishonch bilan ayta olamizki, u muvaffaqiyatli o‘tdi. Obуektlar, ajoyib ko‘ngillilar, transport, joylashtirish, mashg‘ulot maydonchalari – barchasi eng yuqori darajada tashkil etilgan edi. Foydalanish nuqtai nazaridan biz yangi do‘stlarimizni faqat maqtay olamiz”, – dedi Xagigi.

Humo Arenaga kelsak, FIFA vakillarida birinchi tashrifdanoq bu maydon barcha talablarga javob berishi borasida hech qanday shubha tug‘ilmagan.

“Bu FIFA futzal bo‘yicha jahon chempionati finalini o‘tkazish uchun mutlaqo mos keladigan ajoyib zal. Muhit va akustika ajoyib edi. Yakshanba kungi finalda tribunalar to‘liq to‘lganini ta’kidlash yoqimli”, – deya qo‘shimcha qildi u.

FIFA da Markaziy Osiyoda o‘tkazilgan bu miqyosdagi birinchi turnirning g‘ayrioddiy muvaffaqiyatini ta’kidlashmoqda. О‘yinlarda jami 120 000 dan ortiq muxlis ishtirok etgan, bu futzal uchun juda yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

“Biz О‘zbekistondagi mezbonlarimizga bu hayajonli tadbirni tashkil etishda yordam berganliklari va ajoyib meros yaratganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Biz О‘zbekistonni tark etishimiz og‘ir, lekin bu yerga yana qaytish umidi katta”, – deya yakunladi Xagigi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.