Firdavsbek Musabekov finalga chiqdi

Foto: Paraolympic.uz

Para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga brass suzish bo‘yicha saralashda ishtirok etgan hamyurtimiz Firdavsbek Musabekov 1 daqiqa 06.16 soniya natija bilan o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi va final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Firdavsbek Musabekov ishtirokidagi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:03 da boshlanadi.

Kuni kecha, Server Ibragimov delegatsiyamizga navbatdagi kumush medalni taqdim qilgan edi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.