Firibgar fuqaroga “Damas” yutib olganligini aytib, 5 yarim milliondan ziyot pulini o’zlashtirdi
Namangan viloyatida yashovchi ayol R.N. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 5.640.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi O.X. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, O.X., jabrlanuvchi ayol R.N.ga telegram messenjeridagi kanal orqali yozib, u “Damas” avtomashinasini yutib olganligini ma’lum qilib, xarajatlar uchun ayoldan jami 5.640.000 so‘m miqdoridagi pul so’ragan va o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olishga erishgan. So’ng yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan O.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sharhlar