Firibgar fuqarolarning nomiga 25 milliondan ortiq onlayn kredit rasmiylashtirdi

Foto: risini.lv

Samarqand viloyatida yashovchi 39 yoshli T.K. va R.Z. IIOga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum sabablarga ko‘ra K.T nomiga 13,500,000 so‘m va Z.R nomiga 12.300.000 so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini va aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyatida yashovchi N.S. sodir etganligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi N.S. jabrlanuvchi T.K. va R.Z.ga “SMS” xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali ularning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va jabrlanuvchilarning nomidan 13.500.000 so‘m va 12.300.000 so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan N.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.