Firibgar fuqaroning kartasidagi 51 mln so‘m pullarini yechib oldi

Namangan viloyatida yashovchi N.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 51 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi R.D. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan R.D., jabrlanuvchi N.A.ning telegramiga soxta havola jo‘natgan va uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib, 51 mln so‘m pullarini o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan R.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.