Firibgar fuqaroning nomiga salkam 7 mln. onlayn kredit olib, uni o‘zlashtirdi

Фото: спутник

Farg‘ona viloyatida yashovchi 28 yoshli T.A. IIOga murojaat qilib, uning nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra onlayn kredit rasmiylashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi 36 yoshli R.E. sodir etganligi aniqlandi.

“Gumonlanuvchi R.E., jabrlanuvchi T.A.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini “Bank operatori” sifatida tanishtirib, “SMS” xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, onlayn tarzda 6.800.000 mln. so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan va o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan”, – deyiladi  xabarda.

Mazkur holat yuzasidan R.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a,b,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.