Firibgar telegram orqali fuqaroniing 6.100.000 so‘m pulini o‘g‘irladi

Toshkent shahrida yashovchi 39 yoshli O‘.Y. IIOga murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 6.100.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi 32 yoshli K.Yo. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi K.Yo., internet foydalanuvchilariga telegram messenjerida “LED-ekran” orqali reklama qilib berishlikni aytib, ularni qiziqtirib, to‘lovlarni oldindan amalga oshirishlari kerakligini aytgan holda pullarini o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgandan so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborgan va mazkur pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan K.Yo.ga nisbatan  Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi ”g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi ”g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.