Firibgar tomonidan jo’natilgan “Soxta havolaga” aldanib qolmang

Фото: Киберхавфсизлик

Toshkent shahrida yashovchi 39 yoshli A.O. IIOga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum sabablarga ko‘ra uning nomiga 15 mln. so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini va aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 40 yoshli M.A. sodir etganligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi M.A., jabrlanuvchi A.O.ga “SMS” xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning nomidan 15 mln. onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.