Firibgar treyder qo‘lga tushdi

Foto: Kiberxavfsizlik

Toshkent shahrida yashovchi 23 yoshli X.O. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 1.250.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi B.H. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi B.H., jabrlanuvchi X.O. bilan telegram messenjeri orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 1.250.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishgan va bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan B.H.ga nisbatan  Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.