Firibgarlar AQSHga ishga yuborish o’rniga fuqaroning uyini o’zlashtirib olishdi
Payariq tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar S.Sh. (muqaddam sudlangan) va D.E. o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, AQShga ishga yuborishlarini va’da qilishgan.Ular buning uchun 18 000 AQSH dollari miqdorida xarajat qilganliklarini aytib, evaziga X.A.ning “Toxirshayx” mahallasida joylshagan uy-joyini firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirib olishga erishganliklari aniqlangan.
Shuningdek, G‘allaorol tumanida muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.I. fuqaro O.P.ning ishonchiga kirib, uni Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 12 600 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Yashnobod tumaning Birlashgan ko‘chasida esa fuqarolar M.O. va D.A. fuqaro T.B.ning ishonchiga kirib, unga Yaponiya davlatiga ishga yuborishi uchun viza olib berishini aytib, evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar