Firibgarlar endi “Notcoin”ga o‘tishdi

Foto: spot.uz

Toshkent shahrida yashovchi 22 yoshli X.X. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 200.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo shahrida yashovchi T.Z. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi T.Z., jabrlanuvchi X.X. bilan instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishgan va X.X.ga o‘zini “telegram Notcoin” sotishini aytib uni aldab, 20.000 “Notcoin”ni 200.000 so‘m evaziga sotishini aytgan va mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan plastik kartaga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan T.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.