Firibgarlar imtiyozli kredit olib bermoqchi bo’lishdi
Departamentning O‘zbekiston tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida “Qaynar” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hududiy tijorat bankining sobiq xodimi I.Sh. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro Sh.V.ning ishonchiga kirib uning qarindoshi S.V.ning nomiga 500 AQSH dollari evaziga 100 mln so‘m imtiyozli kredit ajratib berishini va’da qilib, shundan 400 AQSH dollari va 600 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar