Firibgarlar o’zlarini bank xodimi sifatida tanishtirishmoqda
Firibgarlar o’zlarini Markaziy bank xodimi sifatida tanishtirishmoqda. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko’ra, ular fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib yoki “Telegram” messenjeridagi “Markaziy bank”ning rasmiy kanalini soxtasini yaratib, o‘zini “Markaziy bank xodimi” sifatida tanishtirmoqda va yana-da ishontirish uchun (o‘zga shaxsning fotosurati va tagiga Markaziy bank xodimi so‘zlari yozilgan) soxta hujjat tayyorlab, yuborishmoqda.
“Natijada, Siz unga ishonib, ma’lumotlarni rasmiy manbalardan tekshirmasdan, telefoningizga kelgan “Tasdiqlovchi SMS-kod”ni firibgarga aytishingiz orqali, unga bank kartangizni boshqaruvini topshirasiz, qarabsizki, rejasi amalga oshgan firibgar qisqa muddatlarda hisobingizdagi pullaringizni o‘zlashtirib oladi”, – deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, bank xodimlari fuqarolardan bank karta ma’lumotlarini so‘rab qo‘ng‘iroq qilishmaydi.
Sharhlar