Firibgarlar talabani 2.000.000 so‘mga chuv tushirgan

Foto: cyber

Surxondaryo viloyatida yashovchi 23 yoshli M.I. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 2.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi X.U. ismli shaxs sodir etganligi aniqlangan

O‘rganish davomida, X.U. hech qanaqa ijarachi uchun uy-joyi mavjud emasligi, telegram guruhida soxta e’lon joylashtirib, “o‘z xonadonimni arzon narxda ijaraga beraman” deb jabrlanuvchi M.I.ning ishonchiga kirish orqali oldindan to‘lov sifatida o‘zining plastik kartasiga 2.000.000 so‘m pullarni o‘tkazib olgan va uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay uni qora ro‘yxatga kirgazib quyganligini ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan X.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Agar sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102  ishonch raqamlariga murojaat qiling!

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.