Firibgarlar Zafar Hoshimov nomidan foydalanib yolg’on xabarlar tarqatmoqda

Foto: gazeta.uz

Firibgarlar tomonidan tadbirkor, O‘zbekiston Respublikasidagi “korzinka.uz” yirik supermarketlar tarmog‘ini o‘z ichiga olgan “Anglesey Food” MCHJ XK kompaniyasi asoschisi Zafar Hoshimov nomidan foydalangan holda uning videotasviriga sun’iy intellektga asoslangan dastur yordamida qayta ishlov berilib yol’gon – “fake” xabarlar tarqatilmoqda.

Ushbu xabar instagram va facebook ijtimoiy tarmoqlari hamda telegram messenjeridagi turli xil kanal va guruhlarda aylanmoqda, va unda go‘yoki Zafar Xashimov o‘z daromadlariga asosan videodagi platformaga investitsiya kiritish yo‘li orqali erishganligi aytilgan.

Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi, deb xabar bermoqda Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati.

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.