Telegram’da yangi firibgarlik sxemasi tarqalmoqda
13-oktabr kuni ko‘pchilik Telegram foydalanuvchilari firibgarlik sxemasi orqali akkauntni o‘g‘irlashga urinishga duch keldi.
Yovuz niyatlilar g‘o‘yoki, tanishining farzandi yoki bironta yaqiniga onlayn-tanlovda ovoz berishni so‘rab xabar jo‘natadi. Bunday xabar tanish odamingizdan kelishi mumkin, ammo aslida uning xakerlik hujumiga uchragan akkauntidan kelgan bo‘ladi.
Foydalanuvchilardan ovoz berish uchun havola orqali o‘tish so‘raladi, u esa soxta tanlov sahifasiga olib boradi. U yerda verifikatsiya uchun telefon raqami va Telegram’dan avtorizatsiya raqami so‘raladi.
Raqam va kodni qo‘lga kiritgach, yovuz niyatlilar yangi qurilmadan Telegram akkauntiga kirishga urinadi. Messenjer akkaunt egasining avtorizatsiyadan o‘tgan qurilmalariga tasdiqlash kodini jo‘natadi. Agar kod firibgarlik saytiga kiritilsa, yovuz niyatlilar akkauntdan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadi, uni boshqarishi va biriktirilgan telefon raqamini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.
Firibgarlar jabrlanuvchi nomidan uning kontaktlari va guruhlariga bunday xabarlarni tarqatishda davom etadi.
Qanday himoyalanish mumkin:
- Ikki faktorli autentifikatsiyani yoqing: Android uchun “Sozlamalar” → “Maxfiylik” → “Ikki bosqichli autentifikatsiya”, iOS uchun “Sozlamalar” → “Maxfiylik” → “Bulutli parol”.
- Shubhali havolalarga kirmang va begona saytlarda shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang.
- Agar siz firibgarlik saytiga tasdiqlash kodini kiritib bo‘lgan bo‘lsangiz, “Sozlamalar” → “Faol seanslar”ga kirib, akkaunt ustidan nazoratni qo‘lga kiritish uchun boshqa barcha seanslarni yakunlang.
Sharhlar