Foto: Qoraqalpog‘istonning Sariqamish ko‘lidagi flamingolar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Janubiy Ustyurt” Milliy tabiat bog‘i xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi Sariqamish ko‘lida uyalayotgan qizilg‘ozlar galasini tasvirga oldi.
Qayd etilishicha, qizilg‘oz (flamingo) ko‘chmanchi va uyalovchi qush bo‘lib, O‘zbekiston Qizil kitobiga va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) Qizil ro‘yxatiga zaif, kamayib borayotgan tur sifatida kiritilgan.
Bu qushlar botqoqli qirg‘oqlari bo’lgan katta tekis, sayoz sho‘r ko‘llarni afzal ko‘radi. O‘zbekistonda qizil g‘ozlarni Orol dengizi va Amudaryo havzasining janubiy qirg‘oqlarida, shuningdek, Sirdaryo viloyati va Zarafshon vodiysining qirg‘oqbo‘yi hududlarida uchratish mumkin.
Sharhlar