Fly Dubai samolyoti Bishkekdagi tuman tufayli Toshkentga yo‘naltirildi
Boeing 737 Max 8 (A6-FMP) bortida Dubaydan Bishkekga FZ-1689 reysini amalga oshirayotgan Fly Dubai yo‘lovchi samolyoti noqulay ob-havo sharoiti tufayli qo‘nish aeroportini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
Bishkekdagi “Manas” aeroportida quyuq tuman tufayli ko‘rinish 100 metrgacha pasaygach, ekipaj Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘l olishga qaror qildi. Samolyot kutish hududida ob-havo sharoiti yaxshilanishini bir qancha vaqt kutgan, biroq ularning yaxshilanishini kutmasdan, Toshkentga yo‘naltirilgan.
Ulashish:
Sharhlar