Markaziy bank asosiy foiz stavkasini pasaytirdi
O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi 2024-yil 25-iyuldagi yig‘ilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Bu inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib amalga oshirilgan.
Stavka bo‘yicha o‘zgarishlar so‘nggi marta 2023-yil martida bo‘lib o‘tgan, o‘shanda u 15 foizdan 14 foizgacha pasaytirilgan edi.
Ulashish:
Sharhlar