O‘zbekistonning “Foton” kompaniyasi Rossiya raketalari uchun mikrosxemalar ishlab chiqaruvchisi sifatida ko‘rsatildi
Ukrainaga qarshi urush munosabati bilan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar bo‘yicha maxsus sayt ishga tushirildi. U yerda urush homiylari va urushga aralashganlar ko‘rsatib o‘tilgan. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi xabar berdi.
O‘zbekistonning OKB Foton kompaniyasi Rossiyaning “Kalibr” raketa majmuasi uchun 3M-14 qanotli raketalarida qo‘llaniladigan 286EP3 va 286EP4 mikrosxemalari ishlab chiqaruvchisi sifatida qayd etilgan.
Saytda mamlakatlar hukumatlari nima qilishi kerakligi borasida tavsiyalar keltirilgan:
- Kuchaytirilgan eksport nazorati o‘rnatiladigan mahsulotlar ro‘yxatini tasdiqlash;
- Ularning Rossiya, Belarus, Eron, KXDRga reeksport qilinishini taqiqlash;
- Ularning riskli yurisdiksiyalarga yetkazilishi davrida kuchaytirilgan tekshiruv jarayonlarini belgilash;
- Qonunbuzarlik va sovuqqonlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, banklarni tekshiruvga jalb qilish;
- Boshqa mamlakatlar bilan axborot almashish va sa’y-harakatlarni sinxronlashtirish.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil dekabrida Ukraina “Foton” kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritgan edi.
Ulashish:
Sharhlar