Fransiya aviakompaniyasi Navoiyga parvozlarni amalga oshira boshladi
Fransiyaning “CMA CGM Air Cargo” transport-logistika aviakompaniyasi joriy yilning 5-avgust kuni Chjenchjou — Navoiy — Parij yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 06:27 da Navoiyga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, yuk tashuvchi samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Chjenchjoudan Parijga muntazam reyslar Navoiyda texnik toʻxtash bilan haftasiga 5 marta Airbus A330 yuk tashuvchi samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“CMA CGM Air Cargo” shtab-kvartirasi Parijda joylashgan yirik fransuz yuk aviakompaniyasi, 2021-yilda “CMA CGM” transport guruhining aviatsiya sho‘basi sifatida yaratilgan.
Sharhlar