Fransiya – Isroil o’yini mushtlashuv bo’ldi
UEFA Millatlar Ligasi doirasidagi Fransiya va Isroil bahsi janjalga aylanib ketdi.
“Stade de France” stadioniga tashrif buyurgan muxlislar o’rtasida o’yin yakunlanganidan so’ng mushtlashuv sodir bo’ldi va 40 ga yaqin muxlis qo’lga olindi.
L’Équipe nashri xabariga ko’ra, keyinroq 20 ga yaqin kishi qo’yib yuborilgan, ikki kishi esa hibsga olingan.
Ma’lumot uchun, Fransiya – Isroil terma jamoalari o’rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
Ulashish:
Sharhlar