Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklar ustidan kuzatuvni kuchaytiradi
Fransiya razvedkasi Podmoskovyedagi teraktdan keyin o‘z mamlakatiga ham ommaviy terrorizm qaytishidan xavfsiramoqda. Shu sababli, Fransiyada markaziy osiyoliklar ustidan kuzatuv kuchaytirilmoqda, deb yozadi “RBK”.
“O‘tgan bir hafta ichida biz odatda kuzatib boradigan Markaziy Osiyo fuqarolari orasida ko‘p shov-shuv bo‘ldi”, — dedi razvedkadagi manbalardan biri. Shu sababli Fransiya razvedkasi o‘z e’tiborini Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolariga qaratishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya hukumati Rossiyadagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalida yuz bergan terakt munosabati bilan eng yuqori darajadagi terrorchilik xavfini e’lon qildi.
Bundan tashqari, Parijdagi Olimpiada ochilish marosimi bekor qilinishi mumkin.
Parijdagi Olimpiya o‘yinlari 26-iyuldan 11-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Xavfsizlikni ta’minlashga 20 ming nafargacha harbiy jalb etilishi rejalashtirilgan.
Sharhlar