Fransiya Ukrainaga uchta Mirage 2000-5 qiruvchisini yuboradi
Fransiyaning La Tribune nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Parij 2025-yilning birinchi choragida Ukrainaga uchta Mirage 2000-5 qiruvchi samolyotini jo‘natadi. Bu haqida BBC xabar bermoqda.
Frantsiya Ukraina Qurolli kuchlarini Mirage 2000-5 qiruvchi samolyotlari bilan ta’minlashga qaror qilgani shu yilning yozida ma’lum bo’ldi.
Keyinchalik Fransiya rasmiylari samolyotlar 2025-yilning birinchi yarmida topshirilishini aytdi, biroq ularning soni avvalroq e’lon qilinmagan edi.
La Tribune nashriga ko’ra, gap Scalp qanotli raketalari va AASM aniq boshqariladigan o’q-dorilarini olib yuradigan uchta qiruvchi haqida ketmoqda. Mirage 2000-5F – bu 1980-yillardagi qiruvchi samolyotlarning chuqur modernizatsiyasi.
Ushbu qiruvchi samolyot yaxshilangan radar, yangi avionika va raqamli displeyli kokpit oldi. U qurol uchun to’qqizta qattiq nuqtaga ega va 6,3 tonna foydali yukni ko’tarishga qodir.
Sharhlar