Frantsiya va Niderlandiyadagi Netflix ofislari tintuv qilindi

фото: politanalitika.ru

Fransuz va gollandiyalik tergovchilar Netflix striming xizmatining Parij va Amsterdamdagi ofislarida tintuv o‘tkazdi. Bu faoliyat soliq firibgarligi va pul yuvish bo‘yicha dastlabki tergov bilan bog‘liq, deya xabar beradi Reuters .

Fransiya tergoviga yirik xalqaro kompaniyalar ustidan o‘tkazgan tekshiruvlari bilan tanilgan Milliy moliya prokuraturasi (PNF) boshchilik qilmoqda. Ayni vaqtda Gollandiya rasmiylari Netflix’ning Amsterdamdagi bosh ofisida tintuv o‘tkazgan.

Gollandiyaning moliyaviy jinoyatlar bo’yicha prokuraturasi izoh bermadi va savollarni PNFga yubordi. “Frantsiya va Gollandiya rasmiylari o’rtasidagi hamkorlik ko’p oylardan beri ushbu jarayonlarda davom etmoqda”, dedi frantsuz manbasi.

Tergov dastlabki bosqichda, bu jinoyat ishini qo’zg’atishni yoki sud muhokamasini majburiy boshlashni anglatmaydi. Aynan qaysi faktlar tergovni boshlash uchun asos bo’lganligi hozircha aniqlanmagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.