Fuqaro 40 ta Iphone hamda tillalarni yashirib o‘tishga uringan
Ularning qiymati salkam 605 million so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Joriy yilning 7-avgust kuni soat taxminan 19:40 larda “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Dubay-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yo‘l sumkalari tegishli tartibda tekshirildi.
“Yuklar ichida bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan jami 40 dona o‘z ishlab chiqarish qadog‘iga va aksessuarlariga ega bo‘lgan Iphone 15 pro max, Iphone 15 pro, Iphone 15 plus hamda Iphone 11 rusumli uyali aloqa vositalari, shuningdek, 171.57 gramm sariq metalldan yasalgan zargarlik bumlari aniqlandi”, – deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar