Fuqaro davlatga qarashli yer maydonini pul evaziga olib bermoqchi bo’ldi
Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.T. fuqaro K.I.ning ishonchiga kirib, unga tumandagi “Polvontosh” MFY hududida joylashgan davlat zaxirasidagi 1,5 gektar yer maydonini olib bermoqchi bo’lganligi aniqlangan.
U go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 300 mln so‘m evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytgan va ushbu pullar hisobidan 14 200 AQSH dollari hamda 100 mln so‘mni olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar