Fuqaro elektr iste’molidagi cheklovlar sabab Vazirlar Mahkamasini sudga berdi
Tarmoqlarda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 16.04.2024 yildagi 204-son qarorining aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molining bazaviy me’yorlari bilan bog‘liq qismi keskin muhokamalarga sabab bo‘lishi ortidan fuqaro Mardon Subhanov Energetika vazirligini elektr va gaz iste’moli me’yorlari to‘g‘risidagi qarorni xato, deb topib Vazirlar mahkamasini sudga berdi. Sud jarayonlari Oliy sudining binosida Toshkent shahri, Shayhontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi 1 uy manzilida joriy yilning 23 iyul kuni soat 16:30 da ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
“Mardon Subhanov Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 16.04.2024 yildagi qarorining aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molining bazaviy me’yorlari bilan bog‘liq qismini haqiqiy emas deb topish da’vosi bilan sudga appelyatsiya arizasini bergan. Mardon Subhanovning avvalgi arizasini ish yuritishga qabul qilish rad etilgan. Shundan so‘ng murojaatchi appelyatsiyaga ariza topshirgan”, – deyiladi.
Mardon Subhanov “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 16.04.2024 yildagi 204-son qarorining aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molining bazaviy me’yorlarini haqiqiy emas, deb topishni so‘ramoqda. Ish Oliy sudda ko‘rib chiqiladi.
Eslatma, Vazirlar mahkamasining 16.04.2024 yildagi 204-son qaroriga ko‘ra iste’molchilarning I,II,III guruhiga kirmagan qismiga quyidagi tariflar belgilangan:
oyiga 200 kVt·soatgacha – 600 so‘m;
oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 1 000 so‘m;
oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 500 so‘m;
oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 750 so‘m;
Sharhlar